О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyul “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-200-son qarori 9-bandi va О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 2025-yil 21-may kuni “NOMODDIY MA’NAVIY MEROS VA MILLIY QADRIYATLARNI ABADIYLASHTIRISHDA MADANIYAT VA SAN’ATNING O‘RNI” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman о‘tkaziladi.
Anjumanda respublikamizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari professor-о‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, doktorantlar, tadqiqotchilar hamda madaniyat va san’at sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.
Maqolalar elektron variantda 2025-yil 1-mayga qadar tahrirdan o’tkazilib, tashkiliy qо‘mitaning boburshahanov@gmail.com elektron manziliga yoki
(99) 959-09-38, (97) 513-85-15 telegram raqamiga yuborilishi lozim;
Axborot xati quyida ilova qilinadi:
– о‘zbek tilida
– rus tilida
– ingliz tilida
